Shonigʻmatjon Shofayziyev finalda oʻynaydi
Pokistonning Islomobod shahrida tennis boʻyicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida Shonigʻmatjon Shofayziyev va serbiyalik Darko Yandrich tandemi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Pokistonning Islomobod shahrida tennis boʻyicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida Shonigʻmatjon Shofayziyev va serbiyalik Darko Yandrich tandemi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Yarim final bahsida Sh.Shofayziyev va D.Yandrich tandemi rossiyalik Anton Chexov va germaniyalik Kay Vexneltga qarshi kortga chiqdi va 4:6, 6:4, 10-5 hisobida zafar quchdi.
Endi Shonigʻmatjon va Darko finalda Janubiy Koreya vakili Cheong Yeyu Kim va yaponiyalik Rio Noguchi bilan raqobatlashadi.