Shomirza Turdimovdan yangi risola: “Xalq qo‘shiqlarida ramz”
“Fan” nashriyoti tomonidan taniqli olim Shomirza Turdimovning “Xalq qo‘shiqlarida ramz” nomli ilmiy kitobi chop etildi.
Risolada xalq og‘zaki ijodiga murojaat qilinib, o‘zbek xalq qo‘shiqlarida keng qo‘llaniluvchi poetik timsollar, ularning o‘ziga xos belgilari va turlari, lirik asarlardagi ma’no ko‘lami haqida so‘z yuritilgan.
Kitob folklorshunos olim To‘ra Mirzayev muharrirligida chop etilgan.