Shols Yevroittifoqni islohotlarga chorlamoqda
GFR kansleri Olaf Shols Yevroittifoqni isloh qilishga, shuningdek, tashqi siyosatda ixtisoslashgan ko‘pchillikka tayangan konsensus tamoyilini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Hozirda tashqi siyosat bo‘yicha qaror qabul qilinayotganda YeI Kengashi konsensus asosida qaror qabul qilmoqda, ya’ni qaror har bir a’zo mamlakat tomonidan ma’qullanishi kerak.
"Bundan tashqari, YeI yangi a’zolarni qabul qilinishiga tayyorlanishi kerak. Bu degani, biz ichki tuzilmamizni va tartiblarni isloh qilishimiz zarur. Shu bois men tashqi siyosatda qaror qabul qilishda ixtisoslashgan ko‘pchilik tamoyilidan foydalanish tarafdoriman", - dedi Shols bundestagda chiqishida.
Uning ta’kidlashicha, bu Yevroittifoqni yangi a’zolarni qabul qilishda yanada qayishqoq bo‘lishga hamda YeI doirasida demokratiyaning mustahkamlanishiga olib keladi.
Shols ittifoqni kengaytirish masalasi bo‘yicha YeI siyosatiga to‘xtatalar ekan, Ukrainaning Yevropa hamjamiyatiga integratsiyasi tezroq boshlanishiga hamda Albaniya va Shimoliy Makedoniyani qabul qilish bo‘yicha muzokaralarga start berilishiga umid bildirdi.