Shohjahon Ergashev muxlislar bilan uchrashdi
Professional boksda shu kungacha magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan sportchimiz Shohjahon Ergashev hozirda yurtimizda boʻlib turibdi.
Professional boksda shu kungacha magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan sportchimiz Shohjahon Ergashev hozirda yurtimizda boʻlib turibdi.
Kecha maishiy elektr jihozlari, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi tashabbusi bilan “Akfa Group” kompaniyasiga qarashli “WIDE TENT SYSTEM” AJda mashhur bokschi Shohjahon Ergashev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Yengilmas bokschimiz ishtirokida oʻtgan tadbirda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Xususan, ilk murabbiyingiz kim, qaysi jang siz uchun eng ogʻiri boʻlgan, sizning professional boksdagi kumiringiz kim, professional boksga kirib kelishingizga nima sabab boʻlgan, kabi savollar tadbirni yanada qiziqarli va mazmunli oʻtishiga sabab boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Shohjahon Ergashev shu kungacha professional boksda 16 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan.