Shogirdlar qurshovida e’zozlangan ustoz
Salohiyatli ustozlar borki, jamiyat taraqqiyotiga munosib insonlar tarbiya topaveradi. Shunday ustozlardan biri Asil Komilovdir.
1942 yil 28 oktyabrda Toshkent viloyatining Qibray tumanida tavallud topgan Asil Komilov kelajakda ustozlik yo‘lini tanlab, baraka topgan insonlardan sanaladi. U 1981-1992 yillar oralig‘ida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining Traktorlar va avtomobillar kafedrasida o‘qituvchi, dotsent va kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qildi.
1992-2000 yillarda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakulteti dekani va prorektor lavozimlarida ham ishladi.
2017 yildan hozirgi kunga qadar TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Traktorlar va avtomobillar kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
[gallery-9362]
Asil Komilov universitetga uzoq yillar davomida munosib hissa qo‘shib, 100 dan ortiq ilmiy maqola, 6 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, ko‘plab uslubiy ko‘rsatmalar muallifi bo‘ldi.
Ko‘p yillik mehnatlarini inobatga olgan holda hukumatimiz 2017 yilda Asil Komilovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlagan.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida dotsent Asil Komilovning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
bugungi kunda bu insondan ta’lim olgan shogirdlari respublikamiz miqyosida qishloq va suv xo‘jaligining turli jabhalarida, shuningdek, davlat boshqaruvi lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Bayram tadbiri davomida ustoz shogirdlar qurshovida e’zozlandi.
O‘zA