Shodmonov Xakimjon Xamdamovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirishda muzeylarning ahamiyati” mavzusida
Shodmonov Xakimjon Xamdamovichning 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy madaniy ob’ektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash ixtisosligi bo‘yicha “Yoshlarning ma’naviy-estetik dunyoqarashini takomillashtirishda muzeylarning ahamiyati” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi PhD.05/2025.27.12. Tar.07.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12 iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100029, Toshkent shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 3-uy. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining kichik majlislar zali.
Tel.: (99871) 239-10-83
e-mail: uzb.historymuseum@gmail.com