Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari mintaqada xavfsizlik masalasini kun tartibiga chiqardi
Shimoliy Koreya 12-oktabr kuni Pxenyan atrofidan Yaponiya dengizi tomon bir nechta ballistik raketa uchirdi. Janubiy Koreya harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, ularning ayrimlari 900 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan.
Voqeadan so‘ng Seulda favqulodda xavfsizlik yig‘ilishi o‘tkazilib, mamlakatning harbiy shayligi ko‘rib chiqildi. Yaponiya ham KXDR tarafdan raketa uchirilganini tasdiqladi, Janubiy Koreya va AQSH esa sinov natijalarini tahlil qilmoqda.
Bu vaziyat ikki koreys mamlakati o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan bir paytda yuz berdi. Pxenyan 3-oktabr kuni o‘rta masofali ballistik raketani sinovdan o‘tkazgan, Janubiy Koreya esa bir necha kundan keyin gipertovushli qurilmani muvaffaqiyatli sinaganini e’lon qilgan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA