SHHT davlatlari paviloni ilk bor ko‘rgazma maydonida
5-Xalqaro import ekspo ko‘rgazmasida ilk bor SHHT davlatlarining alohida paviloni paydo bo‘ldi. Shu kunlarda ko‘rgazma Shanhayda namoyish etilmoqda. Tashkilot jami sakkizta ko‘rgazma va savdo maydonida taqdim etilgan. Bu haqda “CGTN” xabar berdi.
Bu yerda Shanhay hamkorlik tashkilotining tashrif qog‘oziga aylangan barcha mahsulotlar, jumladan, Hindiston ziravori, Eron shafrani, Ozarbayjon anori kabi yuzlab turdagi mahsulotlarni topish, tatib ko‘rish va sotib olish mumkin.