Shaxmatchilarimiz peshqadamlar safida
Vengriyada 16 yoshgacha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida davom etayotgan jahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari peshqadamlar safida bormoqda.
Vengriyada 16 yoshgacha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida davom etayotgan jahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari peshqadamlar safida bormoqda.Dunyoning qirqqa yaqin mamlakati vakillari ishtirok etayotgan nufuzli musobaqada Ortiq Ne’matov, Nodirbek Yoqubboyev, Nodirbek Abdusattorov, Bahora Abdusattorova, Javohir Sindorovdan tashkil topgan terma jamoamiz ketma-ket ikki turda g‘alaba qozondi. Dastlabki uchrashuvda Shotlandiya shaxmatchilarini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan yosh shaxmatchilarimiz ikkinchi turda Gretsiya vakillaridan 2,5:1,5 hisobida ustun keldi. Uchinchi turda Ukraina terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Hamyurtlarimiz navbatdagi turda Kanada terma jamoasiga qarshi dona suradi.