Shaxmat: Sindorov va Abdusattorov dunyoning eng kuchli TOP-5 taligida
Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan 2026-yil iyun oyi reytingida mamlakatimiz shaxmatchilari munosib o‘rinlarda qayd etildi.
E’tiborli jihati, yangilangan FIDE reytingida Javohir Sindorov va Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 5 nafar shaxmatchilari qatoridan joy oldi.
Aytish lozim, may oyida Sindorov va Abdusattorov TOP-100 talikning 4 va 5-pog‘onalariga ko‘tarilgandi.

Shuningdek, FIDEning kuchlilar reytingida Nodirbek Yoqubboyev, Rustam Qosimjonov va Shamsiddin Vohidov nomlari keltirib o‘tildi.
FIDE ayollar TOP-100 lik ro‘yxatida Afruza Hamdamova va Gulruhbegim Tohirjonova nomlari keltirilgan bo‘lsa, yoshlar reytingida Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Humoyun Bekmuratov, yosh qizlar reytingida Umida Omonova, Guldona Karimova, Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, Madinabonu Xalilovaning o‘rin egallagani o‘zbek shaxmat maktabi yildan yilga yuksalishda ekanidan dalolat.
Milliy federatsiyalar qatorida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi kuchli o‘ntalikda keltirib o‘tilgan.
T.Ro‘ziyev, O‘zA