Shaxmat: bugun Abdusattorov Uesli So bilan bellashadi
Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o‘tayotgan "Superbet Chess Classic Romania" turnirining 7-turida Nodirbek Abdusattorov 2,5 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Kecha o‘tkazilgan 6-turda hamyurtimiz Niderlandiya sharafini himoya qilayotgan Anish Giri bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 40-yurish holatiga kelib tomonlar murosa yo‘lini tanlashi mumkin edi. Biroq teng imkoniyatlar holatidagi bahs 95-yurishgacha davom etdi va kutilganidek har ikki shaxmatchi durangga erishdi.
Bugun, 3 iyul kuni o‘tkaziladigan 7-turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda Uesli So bilan kurash olib boradi.

Musobaqa jadvalini hali-hamon AQSHlik Fabiano Karuana boshqarib bormoqda. U kecha o‘tkazilgan 6-turda Yan Nepomnyaiy bilan murosa yo‘lini tanladi. Keyingi o‘rinlardan joy olgan Dommaraju Gukesh, Alireza Firuzdja va Rameshbabu Praggnanandha hisobida 3,5 ochko mavjud.
Nodirbek Abdusattorov bo‘lsa 2,5 ochko bilan 7-qatorda bormoqda.
9 turdan iborat "Superbet Chess Classic Romania" turniri 5 iyulga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA