Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati davom etmoqda
Poytaxtimizda 14, 16 va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Poytaxtimizda 14, 16 va 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlardan iqtidorli shaxmatchilar gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib borishyapti.
190 nafar ishtirokchi qatnashayotgan chempionat 9 turdan iborat boʻlib, u shveysarcha tizimda oʻtkazilmoqda.
14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida chempionatning 3-turida Toshkent viloyati vakili Rahmatullayev Almas gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Qizlar oʻrtasida esa Omonova Umida bu safar ham oʻz gʻalabasini tantana qildi. 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yuliya Xegay ham zafar qozondi.
Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 13 fevralga qadar davom etadi.