Shavkat Mirziyoyev kelajak va global iqtisodiyotning yangi arxitekturasiga oid masalalarga to‘xtaldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.
Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda. Transport yo‘nalishlari o‘zgarmoqda, yangi ishlab chiqarish zanjirlari shakllanmoqda. Zamonaviy texnologik platformalar paydo bo‘lib, barcha sohalarda sun’iy intellekt joriy etilmoqda.
Energetik, oziq-ovqat va raqamli xavfsizlik masalalari tubdan qayta ko‘rib chiqilmoqda. Raqobat nafaqat bozorlar va tabiiy resurslar uchun kurashda namoyon bo‘lmoqda, balki texnologiyalar, logistika va infratuzilma sohalarida ham uning ta’siri sezilmoqda.
Jahon iqtisodiyotida beqarorlik hukm surayotgan sharoitda birlashtiruvchi rol o‘ynaydigan va o‘z atrofida kooperatsiya, barqarorlik hamda o‘zaro manfaatdorlik makonini shakllantirishga qodir bo‘lgan davlatlar va mintaqalarning ahamiyati ortib bormoqda.
O‘zA