Shashka: saralanganlar jahon chempionatida qatnashadi
Davlatimiz tomonidan nogironligi bor kishilarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish, ularni qiziqishlaridan kelib chiqib sport turlariga yo‘naltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Buxoroda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar o‘rtasida 100 katakli shashka bo‘yicha tashkil etilgan O‘zbekiston chempionati ham ayni maqsadlarga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Mamlakatimizning barcha hududlaridan 80 nafarga yaqin shashkaga oshufta matonat va iroda sohiblari qatnashgan musobaqalar shiddatli kechdi.

Murosasiz bahslar natijasida chempionatning g‘oliblari aniqlandi.
O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi raisi Otabek Ergashevning ta’kidlashicha, Buxoro bahslarida o‘z iqtidorini namoyish etganlar orasidan saralangan sportchilar joriy yil may oyida Turkiyada o‘tadigan jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA