Shahriyor Mahkamov ham chorak finalga chiqdi
XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining baydarkada eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslari saralash bosqichida Shahriyor Mahkamov startga chiqdi.
Shahriyor erkaklar o‘rtasidagi 1000 metr masofaga marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval yana bir vakilimiz Yekaterina Shubina ayollar o‘rtasidagi 500 metr masofada o‘tgan bellashuvlarda marraga 1:58.37 natija bilan yetib kelib, chorak finalga yo‘l olgan edi.
Endi ular bir necha soatdan so‘ng yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan poygalarda qatnashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA