
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» o‘yingohida ayollar jamoalari o‘rtasida Superkubok bahslarining final qismi bo‘lib o‘tdi.
Final bahsida Qarshining «Sevinch» hamda Olmaliqning «OKMK W» jamoalari uchrashdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan uchrashuv qarshiliklar foydasiga hal bo‘ldi: «Sevinch» - «OKMK W» 4-0.
[gallery-22235]
Gollarga Maftuna Shoyimova (9, 73), Zarina Norboyeva (45+3), Mehribon Egamberdiyeva (60)lar mualliflik qildi.
«OKMK W» klubi futbolchisi Leyla Rustullayeva (39) maydondan chetlatildi.
Uchrashuv tugagach, «O‘zbekiston superkubogi-2025» g‘olib jamoasini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA