Sergey Fomin Qozog‘istonda muvaffaqiyatli start oldi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida W15, erkaklar orasida esa M15 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida hamyurtimiz Sergey Fomin uzoq yillik do‘sti, neytral tennischi Pavel Verbin bilan tandemda ilk davradan muvaffaqiyatli o‘tib, chorak finalga chiqdi va ushbu bosqichda chexiyalik Matyas Cherniy va Yones Kucheraga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadigan bo‘ldi.
Darvoqe, bugun Sergey Fomin yakkalik bahslarida neytral tennischi Yegor Pleshivsev bilan raqobatlashadi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida hamyurtimiz Sabrina Olimjonova Fransiska Siyedat bilan raqobatlashsa, yana bir umidli tennischimiz Darya Shubina avstriyalik Anna Lena Ebster bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA