Sergey Fomin ham navbatdagi bosqichga yo‘l oldi
Portugaliyaning Vila-Real-di-Santu-Antoniu shahrida tennis bo‘yicha xalqaro turnir davom etmoqda.
Mazkur musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik bahslari ilk davrasida niderlandiyalik Mishel De Kromga qarshi kortga chiqib, 3:6, 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi u navbatdagi bosqichda daniyalik Elmer Myullerga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov ham ishtirok etmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA