Serbiya O‘zbekiston uchun mehnat bozorini ochadi, Germaniyadan 4 kilogramm narkotik yuborildi – Qisqa xabarlar(+video)
Bugungi dasturimizda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolangani, ikki davlat o‘rtasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishilgani hamda energetika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilanganiga to‘xtalamiz.
Shuningdek, dasturimizdan Germaniyadan Toshkentga pochta orqali yuborilgan jo‘natmadan 3 kilogramm «Klefedron» va 1 kilogramm gashish aniqlangani hamda sport olamidagi muhim xabarlar, jumladan, Javohir Sindorovning xalqaro shaxmat turniridagi ishtiroki va Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” safida Chempionlar ligasidagi g‘alabasiga oid xabarlar ham o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA