Senatorlarning asosiy vazifalari muhokamasi
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va shu orqali ularning baxtli yashashi uchun sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning o‘zida 100 milliard so‘m ajratilgani ham e’tiborga molikdir.
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish va shu orqali ularning baxtli yashashi uchun sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning o‘zida 100 milliard so‘m ajratilgani ham e’tiborga molikdir.
Zotan, joriy yilning olti oyida aynan shu yo‘nalishda 1800 taga yaqin loyiha amalga oshirilib, qariyb 2300 ta ish o‘rni yaratilgani ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega hodisadir.
Xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, gender tenglik masalalarida davlat miqyosida ko‘rilayotgan choralar esa yaqin istiqbolda yanada ulkan samaralar berishi shubhasizdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida keyingi uch yilda 100 minglab barqaror ish o‘rinlarining qog‘ozda emas, amalda yaratilgani faxrlansa arzigulik yutuqdir.
O‘zbekiston nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki madaniy-ma’naviy yuksalish sari ham yuz tutdi.
Ma’naviyatni yuksaltirish, muqaddas dinimiz va milliy qadriyatlarimizning asl mazmun-mohiyatini keng ommaga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.
Bu jihatni Prezidentimizning mazkur haftada Qoraqalpog‘istonga tashriflari davomida aytgan quyidagi qat’iy xulosalarining o‘zi ham tasdiqlaydi: “Kimdir bizning islohotlarimizga shubha qilsa, Mo‘ynoqqa kelib ko‘rsin”.
Hurmatli senatorlar, yalpi majlis ishtirokchilari!
Albatta, yurtimizdagi hayotbaxsh o‘zgarishlar haqida ko‘p gapirish mumkin.
Biroq, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida hali muammolarimiz juda ko‘p.
Ularning aksariyati haqida, shuningdek bizning faoliyatimizdagi kamchiliklar to‘g‘risida Davlatimiz rahbari Senatning yigirmanchi yalpi majlisida kuyunchaklik bilan so‘zlagan edilar.
Shu bois, qisqa muddatda Senat faoliyati samaradorligini oshirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi.
Xususan, Senat Kengashining 2019 yil 27 iyundagi qarori bilan 2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Uning doirasida 70 dan ziyod vazifani amalga oshirish belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi va umuman Davlatimiz rahbari nutqidan kelib chiqib, qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Senatning qonunchilik faoliyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Prezident Administratsiyasiga kiritildi.
Senatning yigirmanchi yalpi majlisida muhtaram Prezidentimiz o‘ta muhim va dolzarb vazifalarni hal qilish uchun Senatda yangi tuzilma – Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasini tuzishni taklif qilgan edilar.
Shu asosda Senat Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi.
Senatning nazorat-tahlil faoliyatini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan amaliy qadamlar tashlandi.
Xususan, u yoki bu masala yuzasidan vazirlik va idoralarning hisobotlari, axborotlarini eshitish jarayonida mamlakat taqdiri uchun muhim bo‘lgan dolzarb masalalar tahliliga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ular yechimi yuzasidan mas’ullar oldiga keskin, biroq asosli talablar qo‘yilmoqda.
Xalqaro va parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishidagi ishlarimiz ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.