Senator aholi vakillari bilan uchrashdi
Buxoro viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisishxjx Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shuhrat Cho‘lliyev aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Senator joylarda Senatning joriy yil 21-22 aprel kunlari o‘tkazilgan 14-yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonunlar va boshqa masalalar mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib bordi. “Xalqparvar” komissiyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha. amalga oshirildi. Senat kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini joyida borib o‘rganish va monitoringini amalga oshirish ishlari tashkil etildi.

Hududlarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar tomonidan Senatga qilingan murojaatlar joyida borib o‘rganildi.
Viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktabi majlislar zalida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdan saylangan Senat a’zolari Shuhrat Cho‘lliyev, Abira Xuseynova, Nurmuhammad Ochilov, xalq deuptatlari viloyat kengashi doimiy komissiyasi raislari, xalq deputatlari mahalliy kengashlar kotibiyatlari mudirlari, “Xalqparvar” komissiyalari raislari hamda tumanlar va shaharlar moliya bo‘limlari mas’ul xodimlari qatnashdi.

Seminarda kun tartibidagi masalalar chuqur tahlil qilinib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Zarif Komilov, O‘zA