SENAT: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun maʼqullandi
Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Talim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni koʻrib chiqildi.
Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Talim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni koʻrib chiqildi.
Qonunda maktabgacha yoshdagi bolalarni oʻqitish va tarbiyalash, ruhiy-axloqiy, estetik jihatdan rivojlantirishga asosiy eʼtibor qaratilgan. Bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga urgʻu berilgan.
Maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta va maxsus, kasb-hunar, oliy va undan keyingi taʼlim, kadrlarni tayyorlash kabi yoʻnalishlarda uzviylikni taʼminlash muhimligi koʻrsatilgan.
Boshlangʻich, oʻrta, kasb-hunar taʼlimi muassasalari negizida 9-sinf bitiruvchilari uchun bepul kunduzgi taʼlim shaklida umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining 2 yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida taʼlim berish belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.