Prezidentimiz tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlariga boshchilik qilish viloyat xalq deputatlari kengashlari raislariga o‘tkazildi.

Bu, avvalo, mahalliy kengashlarning mavqeini oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam, qolaversa, katta ishonch va mas’uliyatdir. 

Shundan kelib chiqib, yangi tizim asosida har oyda tuman, shahar ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va prokurorlari jinoyatchilik bo‘yicha mahalliy kengashlarga axborot berib boradi. 

Bu Senat yalpi majlisida alohida ta’kidlandi. Viloyat ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari va prokurorlari ham har chorakda xalq deputatlari viloyat kengashiga axborot berib, jinoyatchilik va korrupsiya holatlarini atroflicha muhokama qilishlari maqsadga muvofiqligi qayd etildi. 

– Mahalliy kengashlar raislari mazkur eshituvlarni shunchaki nomiga o‘tkazmasligi shart, – dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. – Mahalliy kengashlarda o‘tkaziladigan eshituvlar davomida nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari faoliyati, balki jinoyatchilik, ayniqsa, korrupsiya holatlari ko‘p sodir etilayotgan tizim va soha rahbarlarining hisobotini eshitib, ishiga baho berish zarur. Ushbu jarayonda parlament palatalarining tegishli qo‘mitalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishtirok etishi kerak. Bunga alohida tayyorgarlik ko‘rish – mahallalar darajasida muqobil o‘rganishlar, tahlillar o‘tkazish, muammoli holatlar yuzasidan qat’iy vazifalar qo‘yish, tizimli xarakterga ega masalalar yuzasidan asosli takliflarni shakllantirish zarur. Ushbu jarayonda barcha senatorlar ishtirok etadi.     

Qonunchilik, nazorat-tahlil va boshqa muhim yo‘nalishlarda Senat qo‘mitalari hamda mahalliy kengashlar, xususan, ulardagi doimiy komissiyalar o‘zaro uyg‘un faoliyat olib bormoqda. Birgalikda o‘rganishlar, tahlillar, muhokamalar o‘tkazilmoqda. 

Mahalliy kengash deputatlari muammolarni samarali hal qilishda ijrochilarga faol ko‘maklashmoqda. Respublika darajasida hal etiladigan masalalarni tegishli hududdan saylangan senatorlar orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Senat minbariga olib chiqmoqda.

Endilikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlar ana shu faol hamkorlikning muhim komponentiga aylantiriladi. Ish-rejalarni shakllantirish, nazorat tadbirlarida (eshituv, so‘rov va h.k.) korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar holatiga alohida urg‘u berish, bu bo‘yicha doimiy ravishda taklif va tashabbuslar bilan chiqish talab etiladi.  

Buning uchun ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga so‘zsiz amal qilish, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, jamoat tashkilotlari, jumladan, OAV va NNT bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birgalikda muqobil o‘rganish va tahlillar o‘tkazib borish yaxshi samara beradi. 

Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha respublika darajasida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan hollarda senatorlar va Senat qo‘mitalari bilan birgalikda asoslantirilgan takliflarni o‘z vaqtida kiritib borish lozim.  Ixtisosligidan kelib chiqib, har bir qo‘mita, har bir doimiy komissiyaning ushbu yo‘nalishda o‘z rejasi, vazifa va maqsadlari bo‘lishi shart. 

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat),

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat Raisi: korrupsiya holatlari ko‘p sodir etilayotgan tizim va soha rahbarlarining ishiga baho beriladi