Chunki, bu aholining kayfiyatiga, davlat va qonunlarga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadigan xavfli illatdir.

Senat yalpi majlisida xalq deputatlari mahalliy kengashlari oldida turgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. 

– Senat – hududlar palatasi. Shu bois, korrupsiyaga qarshi kurashishda hududlardagi ishlar holati doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lmog‘i shart, – dedi Senat Raisi Tanzila Norboyeva. – Prezidentimiz korrupsiyaviy jinoyatlarning har to‘rttadan uchtasi (75 foizi) aynan tuman va mahallada maishiy korrupsiya ko‘rinishida sodir etilayotganiga e’tiborimizni qaratdi. Maishiy korrupsiya aholining kayfiyatiga, davlat va qonunlarga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazadigan eng xavfli omillardan biri ekanidan kelib chiqib, unga sharoit yaratayotgan sabablarni bartaraf etish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rish talab etiladi.

Mahallalarga profilaktika inspektori biriktirilib, ular uchun qulay ish va yashash sharoitlari yaratilgan. Shunga qaramasdan, o‘tgan yili 6,5 mingdan ziyod (69 foiz) mahallada 23 mingdan ortiq jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan. Aksariyat sodir etilgan jinoyatlarning mahalla darajasida oldini olish imkoni bo‘lsada, bu bo‘yicha zarur choralar ko‘rib borilmagan.

Majlisda jinoyatchilikka, xususan, korrupsiyaga qarshi faqatgina huquq-tartibot organlarining kurashishi yetarli emasligi, bunga barcha safarbar etilishi, o‘zaro muvofiqlashgan, tizimli sa’y-harakatlarni amalga oshirish kerakligi qayd etildi.  

–Shu nuqtai nazardan, hududlarda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yildi. Milliy kengash muvofiqlashtiruvida huquq-tartibot organlari, shuningdek, senator va deputatlar bilan birgalikda harakat qilish bo‘yicha ishlarni boshlaymiz. Har oyning 1-5 sanalarida hududlarda o‘rganishlar, muloqotlar o‘tkazamiz. Bunda, ayniqsa, “qizil” toifadagi hududlar, mahallalarga alohida e’tibor qaratiladi. Jinoyatlar, ayniqsa, korrupsiyaviy  jinoyatlarning kelib chiqish sabab va omillari atroflicha o‘rganiladi, – dedi Senat Raisi. 

Har oyda hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida aniqlangan jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyat, uning kelib chiqish sabab va shart-sharoitlari to‘g‘risida davlat rahbariga axborot va asoslantirilgan takliflar kiritib boriladi. 

Bu borada Senatning Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitalari zarur ishlarni boshlagan.  

N.Abduraimova,

N.Haydarov (surat),

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senat: maishiy korrupsiyaga sharoit yaratayotgan sabablarni bartaraf etish bo‘yicha jiddiy choralar ko‘riladi