Sayxun bo‘ylarida biotexnik tadbirlar (+video)
Sirdaryo viloyatining tabiati fusunkor. Ayniqsa qish kunlarida oq libosga o‘rangan Sayxun bo‘ylarining go‘zalligi o‘zgacha. Bu makonni mavsumiy migratsiya qiladigan qo‘shlar ham yaxshi ko‘radilar. Yovvoyi o‘rdaklardan tashqari bu yerda yana o‘nlab qushlar bir qo‘nib, kuch to‘plab o‘tadi. Ayozli kunlarda qizil kitobga kiritilgan ko‘plab hayvonlarni bu yerda uchratish mumkin.
Biroq, yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoiti o‘simlik va hayvonot dunyosiga ham ko‘plab noqulayliklarni keltiradi. Ayozli kunlarda Sirdaryo oqimida joylashgan bu makonning yovvoyi tabiatida jonvorlarning ozuqa topishi, suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi qiyinlashadi. Qalin qor ostida qolgan ozuqalarni topishlari amrimahol.
Shu sababli, bunday hududlarda yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, ularning oziqlanishi uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilishini ta’minlash maqsadida biotexnik tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi.
[gallery-20899]
Jumladan, Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan Sirdaryo daryosining Sayxunobod tumani hududidan o‘tgan qirg‘og‘ida biotexnik tadbirlar tashkil etildi.
Soha xodimlari yovvoyi hayvonlarning oziqlanishi uchun sharoit yaratdilar. Belgilangan nuqtalarga don va boshqa ozuqaviy mahsulotlar qo‘yib chiqdilar. Bu bilan hududning noyob flora va faunasini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Albatta bunday ezgu amallarni nafaqat yovvoyi tabiat qo‘ynida, balki shahar va qishloqlarda ham amalga oshirsak hayvonot olamidagi qiynalayotgan do‘stlarimizga katta yordam qilgan bo‘lardik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lJjQQgni7kU?si=QrBqpgc_VNbW37tF" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Shahriyor Ortiqboyev, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA