Saylovlar yuqori saviyada oʻtadi
Ayni damda Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar saylov okruglari va uchastkalarida boʻlib, tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda.
Ayni damda Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar saylov okruglari va uchastkalarida boʻlib, tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda.
Qozogʻistonlik mehmonlar – Maral Djilkibayeva, Guljanat Kaliyeva hamda Talgat Kalishbekov bugun viloyat saylov komissiyasida boʻldi. Xalqaro kuzatuvchilar viloyatning chekka hududlaridagi bu jarayonga qanday tayyorgarlik koʻrilganligi, saylov okruglari va saylov uchastkalarining faoliyati bilan qiziqdi.

Viloyat saylov komissiyasining raisi E. Nuraliyev ularga viloyatdagi saylovlarga tayyorgarlik ishlari, milliy saylov qonunchilikdagi muhim yangiliklar haqida maʼlumot berdi.
- Qoʻshni va qardosh boʻlgan Oʻzbekistondagi jarayonlarni doimo kuzatib boramiz, - deydi Bayanaul okrug saylov komissiyasi raisi Talgat Kalishbekov. - Jadal rivojlanish yoʻlidagi islohotlarni bugun jahon hamjamiyati ham eʼtirof etmoqda. Albatta ertaga saylovlar ham demokratik tamoyillar asosida oʻtishiga ishonamiz.

Oʻzaro muloqot chogʻida xorijlik kuzatuvchilar viloyatda saylovlarga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.