Saylovda ishtirok etish – mening fuqarolik burchim
Bugun dam olish kuni bo‘lishiga qaramasda erta tongdan ko‘chalar odamlar bilan gavjum. Odatda dam olish kuni Toshkent ko‘chalari, ko‘p qavatli uylar atrofi soat 9:00 gacha sukutda bo‘lar edi. Bu dam olish odatdagidan farqli bo‘ldi...
Ko‘p qavatli uylar yonida mahalladoshlar bir-birini chaqirib, to‘yga ketayotgandek qatorlashib saylov uchastka tomonga yo‘l olmoqda. Endi men ham mamlakatimizning ertangi kunini belgilab beruvchi muhim siyosiy tadbir –Prezident saylovida ishtirok etaman.
Prezident saylovida shaxsan ishtirok etish - bu mening fuqarolik burchim va majburiyatimdir. Qolaversa, yurtimizning porloq kelajagi, o‘z kelajagimiz uchun ovoz berishimiz lozim!
Bugun erinib borishni istamasam, yoki byulletenni ota-onamdan yoki opamdan berib yuborsam ham, buning uchun meni birov ayblamaydi. Lekin men bu tarixiy jarayonlarda shaxsan ishtirok etishni va o‘z kelajagim uchun shaxsan o‘zim ovoz berishni istayman va barchani saylovlarda ishtirok etishga chaqiraman!
Axir farovon va porloq kelajakni biz uchun boshqa birov yaratib bermaydi! To‘g‘rimi? Bunga har kim o‘zi harakat qilishi kerak! Hammamiz uchun kelajagimizga munosib nomzodni tanlash o‘ta muhim. Men ham Olmazor tumanidagi saylov uchastkasidan porloq kelajagimiz uchun munosib bo‘lgan nomzodga ovoz berdim. Bu mening saylovda ilk qatnashishim.
Saylovni o‘tkazishga tayyorgarlik, Prezidentlikka nomzodlarning Saylovoldi dasturi bilan oliygohda va ommaviy axborot vositalari orqali tanishdik. Targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘zimiz uchun munosib nomzodni tanlashimiz, ular haqida to‘liq ma’lumot olishimizga yordam berdi.
Buni aniq bilaman, men tanlagan nomzod kelajagimiz uchun Vatanimiz ravnaqini yo‘lida mas’uliyatni yetarli darajada bajara oladi. Men bunga ishonamiz!
Mashhura Mamaturopova,
Toshkent shahridagi Yodju texnika
instituti talabasi