Saylagan nomzodimiz farovonlikka xizmat qiladi
Erta tongdan Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani Qipchoq qishlog‘idagi 81-saylov uchastkasi saylovchilar bilan gavjum.

Saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan 2 ming 995 saylovchining erkin ovoz berishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Saylov uchastkasi ochilishi bilan qishloqning nuroniy oqsoqollari, el-yurt hurmatiga sazovor insonlar ovoz berishni boshlab berdi. Ular orasida O‘zbekiston Qahramoni, “Bog‘ot” fermer xo‘jaligi raisi Sharifboy Rajabov ham bor.
– Bugun biz saylagan nomzod mamlakatimizning yanada gullab-yashnashi, hayotimiz farovonligi uchun xizmat qilishiga ishonamiz, – deydi Sh.Rajabov. – Mamlakatimizda xususiy mulk, yerga ega bo‘lish nechog‘li muhimligini menga o‘xshagan minglab dehqonlar, fermerlarning bugungi hayoti yaqqol ko‘rsatib turibdi. Shu bois qishloq mulkdori bo‘lgan biz, fermerlar uchun O‘zbekiston Prezidenti kim bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Saylovda munosib nomzodga ovoz berdim.