Saxovat va koʻmak tadbirlari kengaymoqda
Bugungi sinovli kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, bemor va nogironligi boʻlgan oilalarga bir boshdan qoramol hadya qilish orqali ularga saxovat koʻrsatilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani hokimi, 1-sektor rahbari Seydamat Avezov “Qirqqiz” ovul fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Baxtiyar Salomov xonadoniga tashrif buyurib, uning oila aʼzolariga bir bosh qoramol va oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
Bugungi sinovli kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj, bemor va nogironligi boʻlgan oilalarga bir boshdan qoramol hadya qilish orqali ularga saxovat koʻrsatilmoqda. Kambagʻal hamda nogironligi bor oila tuman rahbarining insonparvarlik yordamidan bahramand boʻldi.
Butun dunyoda kechayotgan ogʻir pandemiya yurtimiz aholisi uchun ham katta sinov davri boʻlmoqda. Bunday sharoitda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan inqirozli holatlarning oldini olish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan barcha sohalar va tarmoqlar, tadbirkorlik subyektlariga kafolatlangan imtiyozlar berildi. Aholining ishsiz, yordamga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash har qachongidan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sigiri bor uyda baraka boʻladi, uning suti, yogʻi, qatigʻi oilaga zarur. Roʻzgʻordan ortgani sotilsa, oila byudjetiga foyda. Oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida sigir olgan har bir xonadon uy bekasiga mehnat daftarchasi ochiladi.

Tuman hokimining tashabbusi bilan xonadonlarga tadbirkorlar biriktirilib, chorva ozuqasi bilan taʼminlanadi, yetishtirilgan mahsulotlarini sotishga koʻmaklashiladi.
–Kam taʼminlangan oilalarga muruvvat koʻrsatish xalqimizga xos ezgu fazilat, –deydi Baxtiyor Salomov. –Oilaviy sharoitimiz inobatga olinib, bizga ham bir bosh sogʻin sigir berilganidan xursandmiz.
Tumanda ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, daromad topishlariga koʻmaklashishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, koʻplab oilalarga imtiyozli kreditlar ajratilishi natijasida ular turli yoʻnalishlarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻydi.
Shuningdek, 1-sektor hududida jami 20 ta oilaga homiylar tomonidan parranda va quyon yetkazib berildi.