Sariosiyodagi maktab muzeyida mingdan ortiq eksponat saqlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 21-umumta’lim maktabi qoshida o‘quvchilarning tarixiy bilim va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida “Tarix va o‘lkashunoslik muzeyi” tashkil etilgan.
[gallery-19970]
Muzey 51 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yerda “Temir buyumlar”, “Yog‘och va sopol buyumlar”, “Arxeologik topilmalar”, “Numizmatika va taqinchoqlar”, “Qog‘oz pullar, qo‘lyozmalar”, “Madaniyat va san’at” bo‘limlari mavjud.
Tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan mazkur muzey qoshida “Yosh muzeyshunos” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu to‘garakka tarixga qiziquvchi o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5nP-RmxGgLE?si=KKHF8av_es1bmEn6" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA