Sardobada 63 ta oila qayta tiklandi
Ayni kunda majburiy ijro byurosi xodimlari nafaqat aliment qarzdorliklarini undirishga, balki ajrashgan oilalarni yarashtirishga ham ko‘maklashmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyati boshqarmasi ham qarzdor P.Bekmurodovdan aliment qarzdorlik undirish kerak edi.
Mazkur undiruv Sardoba tuman bo‘limi fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining buyrug‘iga ko‘ra, amalga oshirish belgilangandi.

Xodimlar ijro harakatlariga kirishgach, qarzdor sud qarori bilan tanishtirilib, unga barcha vujudga keluvchi huquqiy oqibatlar tushuntiriladi.
Quvonarlisi ajrim yoqasida turgan yuqoridagi oila vakillari tushuntirishdan keyin yarashishga qaror qildi va qayta tiklandi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan hududda 63 ta oila yarashtirilgan.
Maftuna Karimova, O‘zA