Sangbur — tabiat yaratgan mo‘’jiza
Karmananing Gal-gal, Mayizak, Bichamchi, Sangbur kabi tog‘oldi adirlari ham bag‘rida katta bebaho tarixni “quchoqlab” yotibdi. Biz aytmoqchi bo‘lgan “kunjuttosh” aynan Sangbur darasida uchraydi.
Sangbur adirligi Karmana shahridan 11-13 kilometr janubda joylashgan bo‘lib, bu yerda matolarni bo‘yashda ishlatiladigan, xalq tilida “qizil kesak” deb nomlangan mineral bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu maydonning yer yuzasi qizg‘ish tuproq bilan qoplangan bo‘lib, 40-60 santimetr kovlasangiz, granit toshlariga duch kelasiz. Bu tosh mahalliy xalq o‘rtasida “kunjuttosh” deb nomlanib, undan tegirmon toshi tayyorlanadi. bugungi kunda Sangbursoyning har ikki tomonidan ham tegirmon toshlari kovlab olingan maydonlarni ko‘rish mumkin.
[gallery-5623]
Navbahorning “Sarmishsoy” darasidagi qadimiy petrogliflarni tomosha qilish qanchalik zavqli bo‘lsa, Sangbursoyni ham bir bor borib ko‘rish kishiga ajib taassurot beradi. Sababi mazkur hudud bir necha asrlar ilgari yuz bergan voqea-hodisalardan so‘zlaydi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA