Samolyot bilan bog‘liq kun davomidagi uchinchi hodisa
"KLM Royal Dutch Airlines"ga qarashli "Boeing 737-800" samolyoti gidravlika tizimidagi nosozlik tufayli Norvegiyada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Uchoq Oslodan Amsterdamga yo‘l olgan, biroq kutilmaganda poytaxtdan 110 km janubda joylashgan Sanneford aeroportiga yo‘naltirilgan. Muvaffaqiyatli qo‘nganiga qaramay, samolyot 18-yo‘lakdan chiqib ketgan va o‘tloq yuzasida to‘xtab qolgan. Salondagi 182 kishi, jumladan ekipaj a’zolari jabrlanmagan.