Samarqandlik bolajonlarga “Prezident sovg‘alari” yetib keldi
Yangi yil bayrami munosabati bilan, an’anaga ko‘ra, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo‘qotgan chin yetimlar, xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida vafot etgan huquq-tartibot organlari xodimlari, harbiy xizmatchilar farzandlari uchun Prezident sovg‘alari jo‘natildi.
[gallery-5232]
Qorbobo va Qorqiz olib kelgan bayram sovg‘alari Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyeva va bir qator mas’ullar tomonidan kutib olindi.
Sovg‘alar o‘z egalari Prezident archasi bayram tantanalarida topshirilishi rejalashtirilgan.
Bu yilgi bayramda viloyatda 795 nafar bola Prezident sovg‘asini oladi.
Alisher Isroilov (surat), O‘zA