Samarqandda Ozarbayjon kinosi kunlari
Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkazilmoqda.
Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkazilmoqda.
Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegatsiya vakillari ishtirok etmoqda. Ular bugun Samarqand shahriga keldi.
Mehmonlar "Sharq yulduzi" kinoteatrida “Ozarbayjon kinosi kunlari”ning Samarqanddagi ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, ushbu tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
25-26 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan kino kunlarida ozarbayjonlik kinoijodkorlari tomonidan tasvirga olingan "Boku vaqt ko‘zgusida", "Saboq", "Alloma soyasi", "Dashtlik" singari badiiy va hujjatli filmlar namoyish etiladi.