Samarqandda Oʻzbekiston chempionati boshlandi
Bugun Samarqand shahrida boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi.
Bugun Samarqand shahrida boks boʻyicha erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi va mamlakatimiz boks federatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan 200 nafardan ziyod charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun ringga chiqadi.
Bosh hakam Alisher Polvonov nazoratida oʻtayotgan Oʻzbekiston chempionatida bugun saralash bahslari oʻtkaziladi. 10 vazn toifasidagi gʻoliblar nomi 17 dekabr kuni aniq boʻladi.