Samarqandda DXA katta mutaxassisi pora bilan ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasining Ishtixon tuman Davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi R.B. pora bilan ushlandi.
1995 yilda tug‘ilgan R.B. xizmat vokolatidan foydalangan holda Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro R.Sh. bilan jinoiy til biriktirgan holda tumandagi mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bo‘lgan yer maydoni hududida tikuvchilik xamda pishiriq ishlab chiqarish sexlari qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga mahalliy fuqarodan 12 ming AQSH dollari talab qilib, kelishilgan mablag‘dan 6 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA