Samarqandda bemorlar tuzaldi, shifokorlar navbat almashdi
Bugun Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan tuzalgan 14 nafar bemor bir haftalik reablitatsiyaga kuzatildi.
Bugun Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasidan tuzalgan 14 nafar bemor bir haftalik reablitatsiyaga kuzatildi.
Shu bilan birga COVID-19 infeksiyasiga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatgan 48 nafar tibbiyot xodimi ham navbat almashdi.
– Bu shifokor, oʻrta va kichik tibbiy xodimlari 14 kun davomida bemorlarga xizmat koʻrsatdi, – deydi Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari R.Qobilov. – Ushbu davr uchun ularga 5 million soʻmdan 25 million soʻmgacha xizmat haqi toʻlab berildi. Tibbiyot xodimlarimiz ham endi belgilangan karantin muddatlarini oʻtab, soʻngra oʻz uylariga kuzatiladi.