Samarqand viloyatida ham katta reydlar davom etmoqda
Samarqand viloyatida ham Respublikamizning boshqa viloyatlari singari “Dolzarb 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruxlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga uringan bir necha shaxslar qo‘lga olinmoqda.
Xususan, Maxsus xizmat va xuquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida, Samarqand viloyatida 47 nafar jinoiy gurux a’zosi qo‘lga olinib, ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 25 nafari ma’muriy tartibda qamoqqa olindi.
Reyd tadbirlari davomida, ushbu shaxslardan giyohvandlik va psixotrop vositalar, sovuq qurollar (kastet, bita va b.) protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi. Maxsus reyd tadbirlari davom etmoqda.




G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri