Samarqand – jahon chempionati mezboni
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati musobaqalariga start berildi.
Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston “Rowing&Canoe” federatsiyasi hamda Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) ko‘magida tashkil etildi.
Musobaqada 55 mamlakatdan 520 nafar eshkak eshuvchi noolimpiya masofalarida bellashishni boshladi.
[gallery-18857]
Jahon chempionatda Olimpiya, Osiyo o‘yinlari, jahon, Yevropa hamda Osiyo chempionatlarining g‘olib va sovrindorlari ishtirok etmoqda.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari