Samarqand estafetani qabul qilib oldi
Shu yilning 13 oktyabr kuni Bishkek shahrida o‘tkazilgan MDH davlat rahbarlarining yig‘ilishida Samarqand shahriga 2024 yilda “Hamdo‘stlikning madaniyat poytaxti” maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu munosabat bilan Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida MDHning madaniyat poytaxti estafetasini Samarqand shahriga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Sankt Peterburg rahbariyati estafetani Samarqand shahar hokimligi mas’ullariga topshirdi.

Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan 2024 yil bahorda Samarqandda MDH mamlakatlarining madaniyat, san’at va kino haftaligini o‘tkazish taklif qilingan.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri