"Samarqand" aeroporti vaqtincha yopilmoqda
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda joriy yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha "Samarqand" xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan parvozlar vaqtincha to‘xtatilishi qayd etilgan.
Shuningdek, barcha qatnovlar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlari "Navoiy", "Buxoro", "Qarshi"ga yo‘naltiriladi. Bu yerdan yo‘lovchilar uchun Samarqandga yer usti transferi tashkil etiladi.
Sh.Mamaturopova,O‘zA