Saksovul oʻgʻrilari ushlandi
Ushbu holat boʻyicha huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 million 115 ming soʻm jarimaga tortildi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha Navoiy viloyati Zarafshon shahar inspektorlari tomonidan Zarafshon shahar hududida oʻsimlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan reyd tadbirida huquqbuzarlik holati aniqlandi.
Tomdi tumani oʻrmon xoʻjaligining muhofaza qilinadigan tabiiy hududidan Q.Raxmetov noqonuniy ravishda 5 kub hoʻl saksovulni oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikast yetkazib, yuk mashinasida olib chiqib ketayotganda ushlandi.
Ushbu holat boʻyicha huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 1 million 115 ming soʻm jarimaga tortildi.
Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmati