Sahrodagi feruza daryo (foto)
Suv havzasining uzunligi 320 kilometr boʻlib, undagi suv hajmi yurtimizdagi barcha suv omborlarida toʻplangan obi hayotdan ikki barobar koʻpdir.
Aydarkoʻl – Navoiy viloyatining Nurota va Konimex tumanlari oʻrtasida joylashgan boʻlib, uni mahalliy aholi “Sahroning feruza daryosi” deb ataydi.
Inson qoʻli bilan yaratilgan mazkur moʻjizakor sunʼiy koʻl mamlakatimizda Orol dengizidan keyin ikkinchi oʻrinda turuvchi shoʻr koʻl hisoblanadi. Suv havzasining uzunligi 320 kilometr boʻlib, undagi suv hajmi yurtimizdagi barcha suv omborlarida toʻplangan obi hayotdan ikki barobar koʻpdir.
U oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy. Ularning ayrimlari “Qizil kitob”ga ham kiritilgan. Shuning uchun koʻl nafaqat izlanuvchi tadqiqotchilar, balki sayyohlar uchun ham qiziqarli maskan hisoblanadi.