Sahnada “O‘lding, aziz bo‘lding” asari
Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi sahnasida Xoliq Xursandov ssenariysi asosida “O‘lding, aziz bo‘lding” deb nomlangan spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi.
Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi sahnasida Xoliq Xursandov ssenariysi asosida “O‘lding, aziz bo‘lding” deb nomlangan spektakl premerasi bo‘lib o‘tdi.
“Navro‘z” xalq havaskorlik teatri va Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan mazkur asar tragik komediya janrida yaratilgan.
– Mohiyatida oilaning mustahkamligi, ota-onaga hurmat va mehr-oqibat tuyg‘ulari yetakchi o‘rinda bo‘lgani uchun ham ushbu asarni tanladik, – deydi sahnalashtiruvchi rejissyor A.Shodiev. – Tomoshabinlar spektaklni iliq qarshi oldi. Ushbu asarni barcha tuman va shaharlarda namoyish qilish bo‘yicha viloyat hokimligi bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ham ishlab chiqilgan.