Sahnada “muhabbatim – qismatim mening”
Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida dramaturg Xoliq Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan “Muhabbatim – qismatim mening” spektakli taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Oila – Vatan ichra kichik Vatan, jamiyatning bosh bo‘g‘inidir. Oilalarning baxtli hayot kechirishi, farzandlarning to‘g‘ri tarbiya topishi, nafaqat oilalar balki, jamiyat rivojida ham muhim o‘rin tutadi. Oila mustahkamligini ta’minlash esa ko‘p jihatdan oila boshlig‘iga bog‘liq. Inson borki, hayoti davomida bilib-bilmay kamchiliklar, xatoliklarga, yo‘l qo‘yadi. Oila bir daraxt bo‘lsa, farzand uning mevasi, hosili hisoblanadi. Bu mevaning nordon yoki shirin bo‘lishi, u oziqlanadigan daraxt, ya’ni, oilaga bog‘liq.
[gallery-1138]
Teatr bosh rejissyori Farhod Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan spektaklida ham aynan oila muqaddasligini undovchi g‘oya ilgari surilgan. Spektaklda bosh qahramon Norbekning taqdiri misolida, insonning bilib-bilmay qilgan xatosi jabrini tortgan qismatlar aks ettiriladi. Ushbu asarni sahnalashtirishdan maqsad esa, bugungi kunning dolzarb muammosi bo‘lgan mavzu ajrimlarni kamaytirish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar, O‘zA