Sahnada "Dunyoning ishlari"
O‘zbekiston davlat drama teatrida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning 80 yilligi munosabati bilan adib qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” asari yosh dramaturg Uchqun O‘sarov inssenirovkasi asosida rejissyorlar Bahodir Mirmaqsudov hamda Muxtor Reymov tomonidan sahnalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi badiiy kengash a’zolariga topshirildi.
Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, teatrlar va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Ozodjon Yo‘ldoshev hamda vazirlik qoshidagi badiiy kengash a’zolari mutaxassislari ishtirok etdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari B.Ahmedov bugungi kunda Madaniyat vazirligi tomonidan teatr jamoalarini rivojlantirish borasidagi amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar hamda san’at sohasida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor xususida batafsil so‘z yuritdi.
Shu bilan birga spektakl to‘g‘risidagi ijobiy fikrlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tdi, taklif va tavsiyalar berildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

N.Usmonova, O‘zA