Sabzi arzonlashdi, pomidor narxi esa oshdi
2021 yil noyabr oyida pomidor narxi oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 54 foizga qimmatlashgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ammo ushbu mahsulot narxi yil boshidan buyon o‘rtacha 10,1 foizga arzonlashgan.

Shuningdek, yakunlangan oyda sabzi narxi oktyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 25 foizga arzonlashgan. Yil boshidan buyon esa o‘rtacha 68 foizga oshgani kuzatilgan.
O‘zA