Ro‘zadorlar uchun iftorlik
Ramazon oyi nafaqat ibodat, savoblarga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.
Iftorlik dasturxoni, undagi noz-ne’matlar esa xalqimizga xos, insoniylikning yuksak ko‘rinishini o‘zida aks ettiruvchi qadriyatlarning bir ko‘rinishi bo‘ldi. Iftorlik tadbirida tuman sektor rahbarlari ham ishtirok etdi.
Iftorlikda qatnashgan nuroniy otaxonlarimiz qo‘llarini duoga ochib, yurtimiz tinchligini, xalqimiz farovonligini tiladi.
O‘lmas Barotov, O‘zA.