Rossiyadan Sputnik Light vaksinasi keltirildi
Yurtimizda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi – Rossiyadan mamlakatimizga 200 ming doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi.
Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya. Eslatib o‘tamiz, yurtimizga avvalroq ushbu vaksinaning 7 ming 500 dozasi olib kelingan edi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksina 48 036 368 dozani tashkil qilmoqda.
O‘zA